Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY hududidagi 2-Xanjap saylov okrugida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.
📌 O‘rganish davomida fuqarolarga bolalar nafaqasini tayinlash bilan bog‘liq jarayonlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish va aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
🏘 Masalalarni faqat hujjatlar doirasida emas, balki aholining yashash manzillariga chiqqan holda o‘rganish maqsadida ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib borish bo‘yicha kelishib olindi.
🤝 Fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash va muammolarni joyida aniqlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.