#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi
Qoziguzar mahallasida bolalar maydonchasi qurish taklifi o‘rganildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a'zosi, "15-Izza" saylov okrugi deputati Narziyev Akbar Ma’rupovichning tashabbusi bilan tumandagi Qoziguzar mahallasi hududida bolalar maydonchasi qurish bo‘yicha berilgan taklif joyiga chiqib o‘rganildi.
💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash Ekspert guruhi a’zolari hamda mahallalar uyushmasi tuman bo'limi vakillari ishtirok etdi.
📇 O‘rganish davomida bolalar maydonchasini tashkil etish taklif etilgan hududning holati, mavjud shart-sharoitlar, hududdan foydalanish imkoniyatlari hamda mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar uchun mazkur maydonchaga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganildi.
📁 Joyiga chiqib o‘rganish yakunlari asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.