35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Aholi murojaati nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovi amaliy yechim topdi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Muammo joyida o‘rganildi, xavfsizlik masalasi nazoratga olindi
янв.21
“Tinchlik” mahallasida deputatlik nazorati Muammo joyida o‘rganildi, uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Deputatlik nazorati: murojaatlar tahlili va amaliy yechimlar
янв.21
#ish reja ijrosi #doimiy komissiya faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
#media_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Mustaqillik - ma'naviy yuksalish va zamonaviy madaniyat maskanlari taraqqiyotining mustahkam poydevori
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
“Guliston” mahallasida deputatlik nazorati
🏥Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi
🏥Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mudiri J.Razzakov ishtirokida tuman tibbiyot muassasasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

💉O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning sifati, fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari, bemorlarga tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🩺 Bemorlarga tavsiya etilayotgan davolash va profilaktika choralari, shifokor ko‘rsatmalarining bajarilishi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

💊O‘rganish jarayonida aholining tibbiy xizmatlardan foydalanishida qulaylik yaratish, xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish, sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 5