Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Ehtiyojmand va uy-joyga muhtoj fuqaro Belousova Anna uchun homiylarni jalb etgan holda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur xayrli tashabbus doirasida mahalla raisi boshchiligida fuqaro uchun uy-joy qurish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida qurilish jarayoni borib ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning holati bilan tanishildi.
️Ehtiyojmand fuqaroni qo‘llab-quvvatlash, unga munosib yashash sharoitini yaratish hamda homiylik ko‘magidan samarali foydalanish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi