MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN PASTDARG‘OM TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI E’TIROF ETILDI
🎉 Pastdarg‘om tumanida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🏅 Tadbir davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bir guruh faol va fidoyi deputatlariga “Mustaqilligimizning 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
🤝 Yuksak e’tirofni tuman hokimi Pardayev Jamshid Arziyevich topshirdi.