26-maktabda Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati N.Abdurahimov “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, (№O‘RQ-637,23.09.2020) hamda "Uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi" Vazirlar Mahkamasining 466-sonli qaror ijrosi yuzasidan Istiqlol mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida ta’lim muassasasining
2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonda maktab ma’muriyati bilan suhbat o‘tkazilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, maktab binosi va sinf xonalarining tayyorgarligi, mavjud shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputatlik nazorati — ta’lim sifatini oshirish va yosh avlod uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.