Muayyan mamlakatning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy
o‘sishi bevosita uning inson kapitali sifatiga bog‘liq. Inson
kapitalini shakllantiruvchi eng muhim omillardan biri esa oliy ta’lim tizimidir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlarni
oliy ma’lumot bilan qamrab olish darajasini oshirish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichi – bu nafaqat maktab
va akademik litsey bitiruvchilarining talabalikka qabul qilinish ulushi, balki jamiyatning
intellektual salohiyatini belgilovchi asosiy mezondir.
Bunday keskin o‘sishga erishishda quyidagi omillar
muhim rol o‘ynamoqda:
Albatta, qamrov darajasini oshirish bilan bir qatorda
ta’lim sifatini mustahkamlash ham kun tartibidagi eng dolzarb masaladir. Ta’lim
jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar tarkibini
malakali kadrlar bilan boyitish va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishni oshirish
asosiy vazifalardandir.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’limga qamrovning
kengayishi faqat raqamlar o‘sishi emas, balki yangi fikrlaydigan, raqobatbardosh
va yuqori malakali mutaxassislar avlodini yetishtirishga qo‘shilgan muhim hissadir.
Yoshlarga yaratilayotgan bunday keng imkoniyatlar yaqin kelajakda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
va ilmiy rivojlanishida o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatadi.
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kenagish deputati
Nurimbetova Nargiza Davletbaevna