35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahalladagi muammolar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“Yulduz” mahallasida tizimli nazorat: 24 mezon asosida faoliyat tahlil qilindi
янв.21
Bank xizmatlari sifati va imtiyozli kreditlar ijrosi deputatlar nazoratida: "Mikrokreditbank"da o‘rganish tadbiri olib borildi
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
Kengashi raisi fuqarolarni qabul qildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #saylovchilar_bilan_uchrashuv #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kengash raisi o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Abdurahmon Jomiy” mahallasida nazorat-tahlil ishlari o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
DASTUR SESSIYADA TASDIQLANDI!

 Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uylar va tutash hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan muhim dastur tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida 2026–2027-yillarda shahar va tumanlarda respublika byudjetidan 1 trillion so‘m mablag‘ ajratish hisobiga ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
Sessiyada Chilonzor tumani uchun 2026-yilda 8 350,8 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
📌 Mazkur mablag‘lar doirasida:
🛝 20 ta bolalar maydonchasi quriladi;
💧 irrigatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;
🛣 1 906 p/m yo‘lak obodonlashtiriladi;
🚶 4 963 kv.m yo‘lak asfaltlanadi;
🏘 tumandagi 47 ta manzil bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlari obodonlashtiriladi.
Mazkur dastur aholiga yanada qulay, obod va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarni kompleks obodonlashtirishga xizmat qiladi.