35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Termiz shahar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida infratuzilma o‘rganildi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi amalda
янв.21
“Saxovat” mahallasidagi Uchqun ko‘chasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi
#deputatlik_faoliyati

#Deputat_nazorati

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman Kengashining 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman raisi M.Umarova hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari ishtirokida “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🖊O'rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, hududdagi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish holati muhokama qilindi. Chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📕Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2