G‘oyibon mahallasidagi muammolar muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Karimova hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi T. Qodirov ishtirokida G‘oyibon mahallasidagi bir qator muammolar muhokama qilindi.
O‘rganish davomida ko‘plab muammolar o‘z yechimini topgani qayd etildi. Ayrim masalalarni davlat dasturlariga kiritish maqsadida zarur hujjatlar tayyorlanmoqda.
Muammolarni tizimli hal etish va aholi murojaatlarini ijobiy yakunlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.