Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T.Gulmatov va S. Amanov tomonidan og‘ir toifaga kiritilgan “Surxon sohili” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida:
🔹 5.7 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish;
🔹 2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
🔹 tungi yoritish chiroqlari 170 dona o‘rnatish;
🔹 70 dona o‘rnalar o‘rnatish;
🔹 70 dona o‘rindiqlar (skameyka) o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.