35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
23-sonli maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlar — deputatlik nazoratida
янв.21
Shaffoflik va ochiqlik — korrupsiyaga qarshi kurashning muhim mezoni
янв.21
“Shifokor” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
Faoliyat tahlili va natijadorlik: Termiz shahar Kengashi deputatlari faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi muammolar deputat nazoratida: O‘rganishlar 24 ta tavsiya asosida olib borildi
янв.21
“Ma’rifat” mahallasida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari va sohalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“JAYHUN” MAHALLASIDA SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI DEPUTAT NAZORATIDA
“FAROVON” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MIROBOD TUMANIDA MANZILLI O‘RGANISHLAR: “FAROVON” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Gulnora Marufova bilan birgalikda Mirobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi hamda “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlarni manzilli o‘rganishda ishtirok etdi.

📍 “Salor” mahallasidagi o‘rganishlardan so‘ng tadbir “Farovon” mahallasida davom ettirildi. Senator, deputatlar, mahalla yettiligi va mutasaddilar hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalik hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar.

📊 Ma’lumot uchun: “Farovon” mahallasida 1 638 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 901 nafari xotin-qizlar, 265 nafari yoshlar bo‘lib, hududda 828 ta xonadon va 630 ta oila mavjud. Mahallada 198 ta tadbirkorlik obyekti, 48 ta xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan xonadon va 23 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. 16 ta oilaning bandligi ta’minlanib, 40 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

🌳 O‘rganish davomida hududda amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida mikrobog‘lar, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlari ta’mirlanib, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholini hashar va obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish, hudud ozodaligini doimiy saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Senator Gulnora Marufova va deputat Toshpo‘lat Matibayev Afrosiyob ko‘chasi 12-uyda yashovchi uy boshqaruvchisi Zabihullo Qudratov, shuningdek, mazkur manzilda faoliyat yuritayotgan konsalting firmasi xodimlari bilan suhbatlashib, hududdagi sharoitlar, aholi takliflari va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

🔺 Tashrifda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi X.Z. Qayumov, Kengash kotibiyati mudiri A.A. Karimov, deputatlar T.A. Gribanova va D.Sh. Giyasov, O‘zbekiston XDP Mirobod tuman Kengashi raisi R. Abdullayeva, O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi mas’ul kotibi F. Murodxo‘jayeva, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Mirobod tuman bo‘limi boshlig‘i M. Axmedjonov, “Farovon” MFY raisi I. Mirqodirov hamda mahalla yettiligi a’zolari ham ishtirok etdilar.

💡 Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi yoshlar bandligi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ichki ko‘chalar va tungi yoritish tizimi, issiq va sovuq suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofi ozodaligi, jamoat transporti, yashil hududlar hamda aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

📋 Toshpo‘lat Matibayev hududlarni joyiga chiqib o‘rganish orqali mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini bevosita tinglash va ularni tegishli mas’ullar bilan birgalikda manzilli hal etish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi. O‘rganilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosini deputatlik nazoratida davom ettirish belgilandi.

✨ Mahalla aholisining tinchligi, hudud obodligi va oilalar farovonligini ta’minlash yo‘lida manzilli o‘rganishlar, deputatlik va jamoatchilik nazorati izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9