35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ertaga xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tadi
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
“O‘zbekiston” mahallasida deputatlik faoliyati va mahalla faollari ishi tahlil qilindi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida deputatlik nazorati: faoliyat samaradorligi tahlil qilindi
янв.21
Mahalla infratuzilmasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsion omillarning oldini olish — doimiy e’tiborda
янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
 AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida, Olmazor tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari F. Valixonov hamkorligida “Zarxal” MFY mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrda turuvchi hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar qabuli tashkil etildi.

🔎 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlari, mavjud muammolari va ularni hal etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.

🤝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muhokama qilinib, ularni belgilangan tartibda hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, murojaatlarini o‘z vaqtida eshitish va har bir fuqaroning muammosiga manzilli yondashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🌿 Uchrashuv yakunida nuroniylar tomonidan yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va xonadonlarimiz osoyishtaligi uchun ezgu duolar qilindi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 4