35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
#deputat nazorati #o'rganish

Olmaliq shahrida ta'lim muassasalarining yangi oʻquv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati doimiy deputatlik nazoratida.
Olmaliq shahar "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan 12-sonli umumta'lim maktabida uzoq vaqtdan buyon yechimini kutayotgan oqova suv (kanalizatsiya) quvuridagi muammo Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayevning doimiy e'tiborida boʻlib kelmoqda.

Shahar hokimi oʻrinbosari nomiga yuborilgan deputatlik soʻrovi hamda amaliy sa'y-harakatlar natijasida ushbu ta'lim maskanida oqova suv tizimini mukammal ta'mirlash va qayta tiklash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Bugun deputat A.Djurayev bevosita voqea joyida boʻlib, amalga oshirilayotgan ta'mirlash va qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi. Oʻrganishlar davomida:
💧 Oqova suv tizimi: Ta'mirlash ishlari qat'iy reja asosida ketayotgani va obyekt yangi 2024–2025-oʻquv yili boshlangunga qadar toʻliq foydalanishga topshirilishi belgilab olindi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Maktabning isitish tizimi va isitish qozonlarining sozligi mas'ullar va mutaxassislar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi.
🔍 Natija va topsiriqlar: Oʻrganishlar davomida aniqlangan ba'zi texnik kamchiliklarni tezkor bartaraf etish boʻyicha soha mas'ullariga aniq tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Bildirilgan takliflar ijrosi deputat nazoratiga olindi.

"Oʻquvchilarimiz uchun munosib, xavfsiz va issiq sharoitlarni yaratish — eng ustuvor vazifamizdir."

Bizni kuzatib boring! Saylovchilar manfaatini himoya qilish borasidagi amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 8