35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Nazorat tadbirlari davomida Islom Karimov ko‘chasi va 7x7 ko‘chalari kesishmasi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya sababli toza ichimlik suvi uzoq vaqt davomida oqib, isrof bo‘layotgani, hududning sanitariya holati yomonlashib, fuqarolar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Shuningdek, mazkur avariya oqibatida ichimlik suvi bosimi pasayib, mahalla aholisining suv ta’minotida uzilish va yetishmovchilik muammolari yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovida:
✅ ichimlik suvi quvuridagi avariyani zudlik bilan bartaraf etish;
✅ avariya yuzaga kelgan joyni to‘liq ta’mirlash;
✅ ichimlik suvi yo‘qotilishining oldini olish;
✅ amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🔹 Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.