35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
#tashabbusli_budjet #Kengash_raisi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati 🗣Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” jarayoniga doir takliflar ko‘rib chiqildi

💬Shu maqsadda Termiz shahrida fuqarolarning “Tashabbusli budjet” jarayonidagi ishtiroki, bildirayotgan takliflarining dolzarbligi va ularni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⏺Bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova boshchiligida Termiz shahar Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💬Unda Kengashning doimiy komissiya raislari, deputatlar hamda ishchi komissiya a’zolari ishtirok etib, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ularni belgilangan mezonlar asosida baholash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aholi tashabbuslari — muammolar yechimining muhim manbai
Joriy yilning 15-iyulidan 3-avgustiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb-sayti orqali Termiz shahri aholisi tomonidan hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan jami 59 ta taklif bildirildi.
Mazkur takliflar, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan masalalarni hal etish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yig‘ilish davomida 59 ta taklifning har biri alohida ko‘rib chiqildi.
Ishchi komissiya a’zolari tomonidan takliflarning mazmun-mohiyati, dolzarbligi, aholining manfaatlariga mosligi hamda ularni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Shuningdek, jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni xolis va shaffof baholash, belgilangan tartib va mezonlarga muvofiqligini ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
59 ta taklif — 59 ta tashabbus
Har bir taklif ortida aholining muayyan ehtiyoji, mahallaning dolzarb muammosi va uni bartaraf etishga qaratilgan tashabbus mujassam.
Bugungi kunda “Tashabbusli budjet” jarayoni orqali fuqarolarning hudud rivojiga oid masalalarni hal etishdagi ishtiroki tobora ortib bormoqda. Bu esa mahalliy muammolarni bevosita aholi fikri asosida aniqlash va ularni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Ishchi komissiyaning asosiy vazifasi — fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularni xolisona baholash, munosib tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlashdan iborat.
Maqsad — xalq manfaatiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash
Yig‘ilish yakunida takliflarni ko‘rib chiqish va baholash jarayonlarini belgilangan talablar asosida davom ettirish, jamoatchilik fikriga asoslangan tashabbuslarning shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5