35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
SAYLOV OKRUGIDA DEPUTAT NAZORATI: MEHNATKASH MAHALLASIDA "MAHALLA YETTILIGI" FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov tomonidan 16-saylov okrugi hududida joylashgan Mehnatkash mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati va o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida deputatga biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari hamda "mahalla yettiligi" a’zolarining hamkorlikdagi faoliyati, mahalla infratuzilmasi va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.

Aholi murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlik, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasidagi qilinayotgan profilaktik ishlar muhokama qilindi.

O'rganishlar davomida erishilgan natijalar bilan birga sohada yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro integratsiyasini yanada kuchaytirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar va aniq vazifalar belgilandi.