35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“Majnuntol” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Majnuntol” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida
янв.21
Imtiyozli kreditlar samaradorligi — deputatlik nazoratida
янв.21
Qonun ijrosi va mahalla faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Navbatdagi sessiya oldidan muhim masalalar muhokama qilindi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏥 Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Boybuloq” mahallasi hududida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 80-sonli oilaviy poliklinikada faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, mavjud shart-sharoitlar, sohaga oid taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi.

💬 Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda tibbiyot xodimlari faoliyati uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

📚 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-399-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 Savolnoma jarayonida qonun talablarining mazmun-mohiyati, dori vositalaridan oqilona va belgilangan tartibda foydalanish, farmatsevtika faoliyatiga oid me’yoriy talablar bo‘yicha xodimlarning xabardorlik darajasi o‘rganildi.

Slide 1 of 4