📌 DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Odamboy Karimov Amirqum mahallasida bo‘lib, hududni ko‘chama-ko‘cha aylanib, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni joyida o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Mahalladagi ichki yo‘llar, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.