35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ta’lim sohasida deputatlik nazorati: Qonunlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Deputatlik nazorati: “Do‘stlik” mahallasidagi ariq holati nazoratga olindi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha nazorat-tahlil ishlari olib borildi
янв.21
Mahalla boshqaruvi yangi bosqichda: "Do‘stlik" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va faollar faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati #fuqarolar_qabuli #murojaat_daftari
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati
янв.21
#biriktirilgan_qunun #162_qonun #deputat_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 10-avgust–14-avgust)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 3-8-avgust kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” tadbirlari doirasida Chilonzor tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Chilonzor tumani hokimi, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o'g'li o‘z okrugi hududidagi Novza mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga qaratilgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni yanada fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3