O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan tumanning “Aydarali” mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektori S.Melsov tomonidan mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala tahlili bo‘yicha O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahallada kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi bilan doimiy muloqot olib borish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, muqaddam sudlangan shaxslar, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar, notinch va ijtimoiy xavfli oilalar bilan manzilli ishlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, giyohvandlik, alkogolizm, internet orqali sodir etiladigan jinoyatlar hamda boshqa salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuvlar muntazam tashkil etilayotgani ta’kidlandi.
Eng muhimi, profilaktik ishlar samarasida mahallada o‘tgan davr mobaynida birorta ham jinoyat sodir etilmagani qayd etildi. Bu esa profilaktika ishlarining tizimli tashkil etilgani, aholi bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilayotgani hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida mahallaning ichki ko‘chalariga o‘rnatish uchun 1 dona kuzatuv, 1 dona yuzni va avtomobil raqamlarini tanib oluvchi va 1 dona 360 gradus tasvirga oluvchi kameralar o‘rnatilishi talab etilishi qayd etildi.