Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonkulov tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Rasmiy javobda qayd etilishicha, 2026-yil 22-iyuldagi 85-ds-295-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida “Uzumzor” MFY Ittifoq ko‘chasida joylashgan chiqindixonadagi chiqindi to‘planishini kamaytirish va hududni obodonlashtirish masalasi o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Uzumzor” MFY hududida 4 ta chiqindi yig‘ish konteyneri mavjudligi, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan “Vodiy maxsus sanitar trans” MCHJ Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan mazkur hududdagi chiqindi yig‘ish maydoniga qo‘shimcha 2 ta chiqindi konteyneri o‘rnatilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, rasmiy javobda Ittifoq ko‘chasida joylashgan chiqindixonaga xizmat ko‘rsatish va chiqindilarni olib chiqish ishlari amaldagi qonunchilik talablari asosida muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgani ta’kidlangan.
Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilib, hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgani bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi