Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda loyihaning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Mazkur piyodalar yo‘lakchasi mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar, keksalar va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholiga munosib turmush sharoitini ta’minlash yo‘lidagi muhim amaliy ishlardan biri hisoblanadi.