Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “O‘choq” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish xizmati hamda hududdagi sanitariya-tozalik holati ko‘zdan kechirildi.O‘rganish jarayonida hududdagi chiqindi to‘plash maydonchasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmagani oqibatida chiqindilar to‘planib qolgani aniqlandi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida mazkur holat aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani, shuningdek, hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan bog‘lanilib,aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va
takliflar tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilish belgilandi.Mazkur masala yuzasidan hududdagi sanitariya-tozalik holatini muntazam nazorat qilish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati bu yo‘nalishda davom ettiriladi.Aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan bunday nazorat tadbirlari deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash va ularning murojaatlariga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.