Mazkur zamonaviy korxonada asosan yuqori sifatli qurilish metall konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarilmoqda. Bugun korxonadagi ish jarayonlari, mahsulot turlari va ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan mas'ullar tanishishdi.
O‘rganish jarayonidai:
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri;
Shermuhammad Begiyev — Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari;
Mukarram Ne'matullayeva — Kotibiyat bosh mutaxassisi ishtirok etdi.
Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni xususida fikr almashildi hamda istiqboldagi rejalar belgilab olindi.