#deputat hududda
Deputat saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashdi
📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 6- okrugidan saylangan deputat K.Xakimov navbatdagi o‘rganish ishlari olib bordi.
🔷Mazkur deputatlik okrugi hududida 4 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, bu galgi o‘rganish Obod turmush MFY Xuramlik ko‘chasida tashkil etildi. Tashrif davomida ko‘cha boshi Xatamov Abduvosit bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.
🔷Uchrashuvda ko‘cha boshi tomonidan, avvalo, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgan transformatorni xavfsiz va qulay hududga ko‘chirish, ichki ko‘chalarni yoritish chirog'ini olmashtirish va elektr sim yog'ochlarini beton simyog'ochga olashtirish i yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📖Bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan deputat daftariga qayd etilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.