Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Baxtiyorjon Mo‘ydinov hamda shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov Andijon shahridagi 50-son umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktabda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida yangi o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.