#deputat_faoliyati
Deputat nazoratida: “Takiya ota” ziyoratgohida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Allamurotov Surxondaryo viloyati prokurori B. Bobojonov va tuman prokurori Sh.Mamirqulov bilan birgalikda “Takiya ota” ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ziyorat turizmini rivojlantirish, ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, hududning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish hamda ziyoratchilar uchun zamonaviy va qulay infratuzilmani yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram