Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan “Aziz tepa” ko‘chasiga Qo‘qon shahar Suvoqava bo‘limi tomonidan o‘rnatilgan suv nasosini ta’mirlash masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Ta’kidlanishicha, mazkur nasosning nosozligi hudud aholisini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashda qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, suv nasosini qisqa muddatlarda ta’mirlash hamda uning barqaror faoliyatini tiklash yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi