Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 4-"Oq oltin" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziz tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan reja-jadval asosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida “Aziz tepa” ko‘chasi 56-uyda yashovchi fuqaro M.Yuldasheva farzandini bepul jarrohlik amaliyotidan o‘tkazish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaat davomida bolaning davolanishi uchun zarur tibbiy yordamni tashkil etish hamda amaldagi tartiblar asosida bepul jarrohlik amaliyotiga yo‘naltirish imkoniyatlari yuzasidan masala muhokama qilindi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, uni belgilangan tartibda mas’ul sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi