Muhokamalar yakunida kun tartibidagi uchinchi masala bo‘yicha tayyorlangan qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.
📌 Qabul qilingan qaror bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, avariya xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda zarur infratuzilma ishlarini jadallashtirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tegishli tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirish yuzasidan mas'ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi.