Sessiyani Kengash raisi M.Tuychiyeva olib bordi.
Sessiya kun tartibidan 16 ta muhim masala o‘rin oldi. Unda 2026 yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, adliya, soliq hamda boshqa mutasaddi idoralar rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi.
Shuningdek, mahalliy byudjet ijrosi, qo‘shimcha manbalar mablag‘larini taqsimlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, yerdan oqilona foydalanish, sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash hamda Prezident va Hukumat qarorlari ijrosi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.