35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
"Bog‘ishamol" mahallasida "Ko‘chama-ko‘cha" loyihasi doirasida o‘rganishlar o‘tkazildi: Aholi murojaatlari nazoratga olindi
янв.21
"Manguzar" mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlar nazarida: Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazoratida: Kriminogen vaziyat tahlili
янв.21
Manguzar mahallasida yoshlar siyosati va deputatlik nazorati: Muammolar va istiqbollar tahlil qilindi
янв.21
"Navro‘z" mahallasida deputatlik nazorati: obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Navro‘z” mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasida yana uchta muhim masala bo‘yicha qarorlar qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasi davom etmoqda
Deputat so‘rovi amaliy natija berdi


Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rgangan edi.

📝 O‘rganishlar davomida “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Oq mangit, Vatanparvar va Mo‘ynoq ko‘chalarida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalarga yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish masalasi yuzasidan Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

☀️ Bugun esa deputatlik so‘rovining amaliy natijasi sifatida Mo‘ynoq ko‘chasida yangi quyosh yoritgichlarini (panellarini) o‘rnatish ishlari boshlandi.

📌 Aholi murojaati — o‘rganish, deputatlik so‘rovi — amaliy natija.

Slide 1 of 3