#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M.Kazakova tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Bayzaqov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalliy budjet daromadlarini oshirish, belgilangan soliq tushumlari prognozining ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash hamda soliqqa oid to‘lovlar tushumini ko‘paytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga soliq intizomini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va budjet daromadlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|