Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Talipova Dildora Dilshodovna tomonidan saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaroning murojaati asosida Andijon shahar Mudofaa bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida fuqaroning 1 yillik muddatli harbiy xizmatga borish istagi yuzasidan murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda ko‘rilgan choralar haqida qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ma'lumot taqdim etish so‘raldi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati