Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Kitobxon yoz – 2026” targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Tadbirlar Andijon pedagogika texnikumi o‘quvchilari ishtirokida Andijon shahridagi Taxtako‘prik hamda Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida o‘tkazilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda ijodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Mazkur tashabbuslar yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik muhitini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.