Mahallabay ish tizimi va deputatlik nazorati: "Abdulla Avloniy" mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugiga qarashli “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, hududiy faoliyatni nazoratdan o‘tkazdilar.
💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, Oliy Majlis Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-sonli qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.
💬Mas’ullar mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla xodimlarining kundalik ish jarayonlari, aholi bilan ishlash tizimi hamda hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi vazifalarni atroflicha muhokama qildilar.
📖Tashrif davomida saylov okrugi deputatining murojaat daftariga kelib tushgan fuqarolar arizalari, taklif va shikoyatlari tahlil qilindi.
💬 Kengash raisi D.Normuradova "Abdulla Avloniy" mahallasi xodimlariga aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berdi.