Новости

Последние новости

янв.21
#162_ta_Qonun #Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TashkilotVaDeputatHamkorligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🏛️Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🗣Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Aholining huquqiy himoyasi: "Madad" NNT Termiz shahar byurosi faoliyati va fuqarolarga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI – QONUN IJROSI AMALDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI
Sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta’minlash – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda uni tumanda targ‘ibot qilish va ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mazkur qonun sud mustaqilligini yanada mustahkamlash, sud ishlarini ko‘rishga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, sudlarda tartibni ta’minlash hamda odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, shuningdek, uning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1