Новости

Последние новости

янв.21
#162_ta_Qonun #Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TashkilotVaDeputatHamkorligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🏛️Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🗣Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Aholining huquqiy himoyasi: "Madad" NNT Termiz shahar byurosi faoliyati va fuqarolarga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI – QONUN IJROSI AMALDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!

📅 2026-yil 3-iyul: MUAMMO ANIQLANDI
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich saylovchilar bilan uchrashuvda aholining haqli eʼtirozini eshitdi. Shovot tumani Komiljon Otaniyozov mahallasini Bo'yrachi mahallasi bilan bog'lovchi "Quruvchi" ko'chasining 500 metr qismi mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgan edi.
Nimaga xalal berayotgan edi?
🚗 Fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga;
🚑 Tez tibbiy yordam avtomobillariga;
🚒 Yong'in-qutqaruv va maxsus xizmat transport vositalariga.
📬 2026-yil 3-iyul: DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
Deputat muammoni hal etish uchun Shovot tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi (TYFK DM) direktori M.Saidovga 96-ds-448-26-sonli deputat so'rovini yubordi.
🛠 IJRO JARAYONI
Deputat soʻroviga asosan korxona mutaxassislari muammoni oʻrgandilar va zudlik bilan ish boshladilar:
Asfalt yotqizishdan oldin yoʻlni tekislash;
Maxsus texnika yordamida asfalt yotqizish;
Asfaltni maxsus texnika (rink) yordamida zichlash.
✅ NATIJA - MUAMMO BARTARAF ETILDI!
Shovot tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi oʻsha kunning oʻzidayoq deputat soʻroviga javoban amaliy ishlar yakunlanganini maʼlum qildi:
Nimalar qilindi?
🛣 "Quruvchi" ko'chasining (mahalliy ahamiyatdagi yoʻlning 19-20 km.lari oralig'ida) chuqurchalari ta'mirlandi;
✔️ Kamchiliklar bartaraf etildi;
🚶‍♂️ Aholi va transport vositalarining harakat xavfsizligi ta'minlandi.
Deputat va ijrochi organlarning hamkorligi aholi muammolarini qisqa muddatda yechish garovidir! ✨

Slide 1 of 7