🏥 Tibbiy xizmat sifati va tezkorligi deputat nazoratida.
Nurafshon shahrida #aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Nazorat tadbiri Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
✅ Tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar;
✅ Tez tibbiy yordam xizmatining chaqiriqlarga yetib borish vaqti;
✅ Tibbiyot xodimlarining dori-darmonlar va zaruriy tibbiy anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Deputat muassasalarda bo‘lib, davolanyotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi va ularning ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.
📌Mas'ul: Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, bosh mutaxas I.Omonboev, deputatlar.