♻️O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish hamda aholining daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️Deputat hokim yordamchisi tomonidan yuritilayotgan “xonadonbay” ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
♻️Shuningdek, mahallada o‘zini o‘zi band qilish, imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
♻️Tashrif davomida bir qator fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.