Mahalla faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev “Qishloqozon” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini ta’minlash, mahalla hududini rivojlantirish hamda aholi muammolarini samarali hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va fuqarolarning farovonligini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram