Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-165-I sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tuman veterinariya bo‘limi tomonidan naslchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, nasldor chorva mollari hisobini yuritish, seleksiya va naslchilik tadbirlarining holati hamda qonun talablarining joylarda bajarilishi yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.
Qonunning mazmun-mohiyatini aholi va chorvadorlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, naslchilik madaniyatini oshirish hamda sohaga oid huquqiy bilimlarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Doimiy komissiya tomonidan qonun ijrosini ta’minlash, naslchilik sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.