Новости

Последние новости

янв.21
Qonun ustuvorligi va ijtimoiy himoya: "Ma’rifat" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati aholi bilan bevosita muloqot orqali tahlil qilindi!
янв.21
Deputatlar tomonidan sessiya oldi kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Ipoteka va subsidiya masalalari — “Xalqparvar” komissiyasi diqqat markazida
янв.21
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Masalalar avval joyida o‘rganilmoqda, so‘ng sessiya muhokamasiga olib chiqilmoqda
янв.21
Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, muammolar yechimi deputatlik nazoratida
янв.21
O‘tgan hafta sarhisobi, galdagi vazifalar belgilandi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-419, 2017-yil 3-yanvar) mazmun-mohiyatidan:
янв.21
#haftalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 29-iyun–3-iyul)
Xotin-qizlar faoliyati deputat e’tiborida.

Xotin-qizlar faoliyati deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahallasida xotin-qizlar faoli Munojat Mamataliyevaning faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, kasb-hunarga o‘qitish, daromad manbalarini yaratish hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘nalishlaridagi faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Deputat tomonidan xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bandligini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1