Новости

Последние новости

янв.21
“Kokildorota” mahallasida infratuzilma muammolari deputatlik nazoratida: ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
“KOKILDOROTA” MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLA BOSHQARUVI VA AHOLI MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNI TA'MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Aholining huquqiy himoyasi: "Madad" NNT Termiz shahar byurosi faoliyati va fuqarolarga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI – QONUN IJROSI AMALDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA SANITARIYA TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: hamkorlikdagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va bolalar maydonchalari nazoratda: "Shifokor" mahallasida amaliy o‘rganishlar o‘tkazildi
HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BOSQICH: "MAHALLA YETTILIGI" BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA

Mahalla raislari ishtirokida navbatdagi muhim o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

✅Seminarda viloyat hududiy Saylov komissiyasi rais o'rinbosari G.Aslonova hamda Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G.Shermatova ma’ruza qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy qo‘shma qarorining mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirib berdi.
✅Kotibiyat mudiri o‘z nutqida ushbu hujjat mahalla tizimidagi muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va ta’sirchan mexanizmini yaratganini alohida ta’kidladi.
Qaror ijrosi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar:
🔹 Doimiy muloqot va ko‘mak: Endilikda mahalliy Kengash deputatlari va senatorlar o‘zlariga biriktirilgan hududlardagi “mahalla yettiligi” bilan shunchaki rasmiy uchrashuvlar emas, balki aholi muammolarini joyida hal qilishga qaratilgan amaliy, kunlik hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar.
🔹 Muammolarni Kengash darajasiga olib chiqish: Mahalladagi ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, ishsizlik va ijtimoiy himoya kabi “yettilik”ning kuchi yetmaydigan tizimli muammolar bevosita deputatlar orqali Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga va doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritiladi.
🔹 Ijrochi idoralar hisobdorligi: Deputatlar va senatorlar “mahalla yettiligi” taqdim etgan tahliliy ma’lumotlar asosida tuman hamda viloyat darajasidagi mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobotlarini Kengash eshituvlarida talab qiladi va ularning mas’uliyatini oshiradi.
🔹 "Daftarlar" va manzilli ko‘mak ustidan nazorat: “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” shakllantirilishi, ularga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va adolatli taqsimlanishi xalq vakillari tomonidan tizimli ravishda monitoring qilib boriladi.
“Senatning ushbu qarori mahalla ahliga berilgan ulkan imkoniyat va ishonchdir. Maqsadimiz — fuqarolarning muammolari yuqori idoralarga borib sarson bo‘lmasdan, mahallaning o‘zida, yettilik tashabbusi va deputatlar ko‘magi bilan yechim topishidir. Karmanadagi har bir mahalla raisi bu jarayonda asosiy lokomotiv bo‘lishi shart”, — deb qayd etdi G.Shermatova.
✅Qizg‘in bahs-munozaralar ostida o‘tgan seminarda mahalla raislari yangi hamkorlik tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga kotibiyat mudiridan batafsil javoblar oldilar.

Slide 1 of 4