Новости

Последние новости

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Sessiya davomida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ehtiyojmand oilalarga xonadonda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanovaning o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Joriy yil davomida doimiy komissiya tomonidan Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha 9 marotaba doimiy komissiya yig‘ilishlari tashkil etilib 17 marotaba mas’ullarning hisobotlari yuzasidan qaror loyihalari tayyorlanib kelinmoqda.

Doimiy komissiya vakolatidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masullarga sessiyalar davomida tegishli maslahat va tushunchalar berilib borilgan.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi tashkil etilib ularning faoliyati qo‘llab quvvatlanib kelingan.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarda, joylarda aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan 18 ta deputatlik so‘rovlari yuborilgan.

Komissiya a’zolari tomonidan (Facebook, Telegram va h.k.) ijtimoiy tarmoqlarda 360 dan ortiq mavzularda chiqishlar qilingan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1