Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: "Do‘stlik" mahallasidagi faoliyat "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallada amaliy muloqot: "Jayhun" mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 22-26-iyun)
янв.21
🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-19-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.
Bu borada xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, 14-Yuksalish saylov okrugi deputati Jurayeva Saodatxon Xashimovna o‘z saylov okrugidagi “Fayzlimetall” MCHJ faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari va istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi. Ayni paytda korxonada zamonaviy “aqlli qozon”lar ishlab chiqarilib, 10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxona rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan, qo‘shimcha 10 ta yangi ish o‘rni yaratish, Xitoy davlatidan zanglamaydigan metall (nerjaveyka) materiallarini olib kelish hamda metall to‘siqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbuslar nafaqat korxonaning iqtisodiy salohiyatini oshirishga, balki hududda bandlikni ta’minlash va mahalliy sanoatni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.
O‘rganish jarayonida deputatga hokim yordamchisi hamrohlik qildi. Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va investitsion loyihalarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarning muhim qismi hisoblanadi.
Slide 1 of 4