35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallabay ish tizimi va deputatlik nazorati: "Jayhun" mahallasida aholi muammolari va PF-116 Farmoni ijrosi o‘rganildi!
янв.21
#haftalik_ish_reja #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati 🏛️Tizimli nazorat va yuksak mas’uliyat: Kengash kotibiyatida deputatlar faoliyati tahlil qilinib, navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda!
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #deputatlik_soʻrovi 📄Deputatlik so‘rovi — muammolar yechimida amaliy kuch: Yarim yillik faollik qariyb ikki barobarga oshdi!
янв.21
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun 📈Raqamlar ortidagi natijalar: Termiz shahar Kengashining birinchi yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati Deputatlik nazorati – hududlar rivoji va aholi farovonligining muhim omili
янв.21
#hatalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 20-iyul–24-iyul)
янв.21
#haftalik_ish_reja #dasturlar_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #ekspert_guruhi 📈Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda qo‘shimcha 600 o‘rinli yangi bino qurilishi va rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida!
янв.21
#hafta_dayjesti 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-18-iyul kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Prezident topshiriqlari ijrosi: Surxondaryoda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi"ga start berildi
янв.21
#haftalik_ish_reja #KQ_35_sonli_qaror #deputat_faoliyati #dasturlar_ijrosi 🗣Obod mahalla – yurt ko‘rki: Termizda mahallalarni obodonlashtirish va infratuzilmaning holati o‘rganilmoqda!
GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA

 GULCHILIK ORQALI TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRILMOQDA

So‘nggi yillarda Quva tumanida qishloq xo‘jaligining istiqbolli va daromadli
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan gulchilik sohasini rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda.


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S.Bo‘rieva, tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi A.Fozilov hamda “MADAD” NNTning tuman vakili X.Qodirov Yuqori
Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan
aholini daromadli mehnatga jalb etish va gulchilik orqali tadbirkorlikni
rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganildilar.


O‘rganish davomida gul yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va
tadbirkorlar faoliyati ko‘zdan kechirilib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Suv ta’minoti, mahsulotlarni saqlash va realizatsiya qilish jarayonida
uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan
takliflar bildirildi.


Shuningdek, gulchilikni yanada kengaytirish, aholi bandligini oshirish,
xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari
yaratish hamda mahsulotlarni ichki bozorga chiqarish masalalariga alohida
e’tibor qaratildi.


Yakunda tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida
sohani rivojlantirish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda aholi
daromadlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi, aniqlangan kamchiliklar
еса deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga qayd etildi va
bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 2