Новости

Последние новости

янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi yakunlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport, madaniyat va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek, mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarning amaliy samaradorligi, mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasida qizg‘in munozaralar davom etmoqda
янв.21
Sessiya davomida deputatlar tomonidan jamg‘arma mablag‘larining manzilli va maqsadli yo‘naltirilishi, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda mablag‘lardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari yuzasidan qator savollar, taklif va mulohazalar bildirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi davom etmoqda Sessiya ishida dastlabki masalalardan biri sifatida shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Odil Jumayevning hisobot eshitilmoqda.
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov tomonidan deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 8 bandi (mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari) ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi Ziyokorlar mahallasida bo‘lib, mahalla hududida joylashgan Urganch 350 yilligi va Nurli hayot ko‘chalari xolati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu yo‘lakning bugungi kungi holati hamda aholi va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tungi yoritish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda chora-tadbirlar rejasiga kiritish belgilab olindi.

Slide 1 of 3