Новости

Последние новости

янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Tarixiy meros muhofazasi: "Qirqqiz" maqbarasini obodonlashtirish loyihasi deputatlar tomonidan joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: "Do‘stlik" mahallasidagi faoliyat "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi
янв.21
Mahallada amaliy muloqot: "Jayhun" mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 22-26-iyun)
янв.21
🟦🟦🟦🟦🟦 🇺🇿Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-19-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Tanqidiy tahlil va qat'iy talab: Termiz shahar deputatlari faoliyati muhokama qilindi!
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari R.Musayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning “Parpashabof” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida fuqarolar tomonidan hududdagi kommunal va infratuzilmaga oid qator muammolar ko‘tarildi.

Mazkur murojaatlarni inobatga olgan holda deputat tomonidan mas’ul tashkilotlardan ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida mazkur murojaat deputatlik nazoratiga olindi.

Ushbu masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2